Rossiya prezidenti Yaponiyaga uyushtiradigan safari davomida jahonning dzyudo bo‘yicha boshqaruvchi tashkiloti — «Kodokan»ni bajonidil ziyorat qilishga so‘z berdi, deb xabar qilmoqda Diydoraziz nashri.
Putin dzyudo — hamkorga nisbatan hurmat, insonlar bilan nafaqat sportda, balki hayotda ham ijobiy munosabat o‘rnatishga yordam berishini e’tirof etib o‘tdi, deb yozgan nashr. Putin shuningdek, bolalikdan ushbu sport turi bilan shug‘ullanganidan nihoyatda mamnunligini e’tirof etib o‘tgan. «Bu, shak-shubhasiz, mening birinchi muhabbatim edi, deyish mumkin. Men sportning boshqa turlarini ham yaxshi ko‘raman: suzishni ham, chang‘i uchishni ham, mana hozir muzda xokkey o‘ynashni o‘rganyapman. Ammo dzyudo — bu shubhasiz, hayotimning bir bo‘lagi, katta bo‘lagi, va men sportdagi mashg‘ulotlarim aynan dzyudon boshlanganidan juda ham xursandman», — deb tan olgan Rossiya etakchisi Yaponiyaning «Nippon» telekompaniyasiga bergan intervyusida. Putin suhbat davomida, o‘ziga Dzigoro Kano — dzyudo asoschisi katta ta’sir o‘tkazganini e’tirof etgan. Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning Yaponiyaga safari 15 dekabrdan boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi