Sobiq Ichki ishlar vaziri, nafaqadagi general-leytenant Bahodir Ahmedovich Matlyubov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi rahbari vazifasiga tayinlandi. U vazir lavozimidan 2013 yil 14 dekabrda nafaqaga chiqqan edi.
Bahodir Ahmedovich Matlyubov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri bo‘lgunga qadar 2004-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qumitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan.
General-leytenant Bahodir Ahmedovich Matlyubov 1952 yilda Samarqand shahrida tavallud topgan. Samarqand davlat universitetining kimyo (1973), huquq (1983) fakultetlarini hamda Ichki ishlar akademiyasini tamomlagan.
1973-1997 yillar davomida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2001 yilda general-leytenant unvoniga sazovor bo‘ldi. 2004-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi hisoblangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi