Rossiyaning Rostov-Don shahridan Toshkentga kelayotgan yo‘lovchi avtobusi Saratov yaqinida buzilib qolgan. Avtobusda o‘zbekistonlik 43 kishi bo‘lgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti. Odamlar transport kompaniyasiga telefon qilib, yo‘l chetida 6 kun yordam kutib o‘tirishgan. Biroq avtobus egalari vakillaridan hech kim paydo bo‘lmagan.
"Ba’zi yo‘lovchilar qutqaruvchilarga murojaat qilishni taklif qilishgan, biroq haydovchilar qandaydir sabablarga ko‘ra ularni bu fikrlaridan qaytarganlar. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ba’zilarning ro‘yxatdan o‘tish muddati o‘tib ketgan bo‘lgan. Oxir-oqibat solyarka va egulik tugaganda hamma taslim bo‘lgan. Biz kelganimizda ko‘pchilik yo‘lovchilar sovuq urish yoki muzlab qolish xavfi ostida bo‘lganlar", deb ma’lum qildi Saratov patrul-post xizmati xodimlari.
Yo‘lovchilar orasida 24 yoshli homilador qiz ham bo‘lgan. U yuqori harorat va ochiq qon ketishi bilan shifoxonaga olib ketilgan. Bo‘lg‘usi onaning yonida umuman puli bo‘lmagan va unga kerakli dori-darmonlarni yo‘l polisiyasi xodimlari sotib olib berishgan.
Och-nahor va sovqotgan o‘zbekistonliklarni mahalliy kafeda qornilarini to‘yg‘azib, vokzalda boshpana berishgan. Ayni vaqtda barcha yo‘lovchilar uylariga qaytmoqdalar. Transport kompaniyasi vaziyatni hal qilish uchun hech qanday chora ko‘rmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi