10 793
Korzinka.uz yaroqlilik muddati tugashiga bir necha kun qolgan shokoladni aksiyaga qo‘ydi
Feysbukdagi "Potrebitel.uz" guruhi a’zolari tomonidan Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i tomonidan o‘tkazilayotgan yangi aksiya shartlari qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ushbu guruh a’zolaridan biri aksiya bo‘lib o‘tayotgani to‘g‘risidagi xabarni qoldirib, 100 ming so‘mlik xarid uchun sovg‘a sifatida yaroqlilik muddati tugashiga bir kun qolgan shokolad bepul berilayotganini kinoya sifatida aytib o‘tgan, deb yozadi Kun.uz.
Uning ta’kidlashicha, kassir faxr bilan har bir 100 ming so‘mlik savdo uchun shokolad plitkasi sovg‘a sifatida berilayotgani, uning yaroqlilik muddati esa 18 may — dushanba kuni tugashini aytib o‘tgan. Ushbu xabar guruh foydalanuvchilarining turli xazil-mutoyibalariga ham sabab bo‘ldi.
Izoh qoldiruvchilardan biri "Nimani kutgan edingiz? Bunday aksiyalarda har doim shu kabi mahsulotlar qo‘yiladi", degan bo‘lsa, yana biri shokoladni tezroq eng, rasmga olishga vaqt yo‘q, deya izoh qoldirgan. Ba’zi bir foydalanuvchilar esa Korzinka.uz tarafini olib, "safsatabozlikni rivojlantiruvchilar"ga istamasangiz, sovg‘ani rad etishingiz mumkin, deya izoh qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni erta tongda Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov ushbu guruhning o‘zida aksiya haqida xabar qoldirib, 100 ming so‘mlik xarid uchun qora shokolad sovg‘a sifatida berilishini aytib o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi