Yirik ijtimoiy tarmoq keyingi oyda tashkilotlar uchun mo‘ljallangan Facebook At Work versiyasini ishga tushirishi mumkin. Ushbu yangi versiya orqali Facebook ish jarayonini ijtimoiy tarmoqda bo‘lgani singari yanada qiziqarli etish maqsadida, deb yozmoqda "Terabayt.uz" sayti.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, Facebook’ning yangi At Work versiyasidan foydalanish uchun tashkilotlar emas, balki muayyan xodimlar oylik obuna haqini to‘laydilar. Bu orqali ijtimoiy tarmoq ham har bitta xodimni (tarmoqdan foydalanishidan qat’iy nazar) xizmatda ro‘yxatdan o‘tkazish muammosidan xalos bo‘ladi.
Facebook At Work tarmog‘ida xodimlar maxsus postlar yordamida o‘zaro fikr almashishi va vazifalarni belgilashi mumkin bo‘ladi. Hozirda Convo ($9/bir oyga), Salesforce Chatter ($15/bir oyga) va Microsoft’s Yammer ($3-$24/bir oyga) kabi servislar xuddi mana shunday vazifasini dunyo bo‘ylab bajarib kelishmoqda. Bundan tashqari, Facebook At Work tarmog‘ida o‘zaro guruhli chatlardan va qo‘ng‘iroqlardan foydalanish imkoniyatini beradigan Messenger analogi ham ko‘zda tutilgan.
Hozircha Facebook At Work tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha oylik obuna narxi ma’lum emas. Biroq kompaniya mazkur servisning beta versiyasini sinovdan o‘tkazgan dasturchilarga alohida chegirma berishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi