Instagram’da jonli videotranslyasiyalar qilish imkoni paydo bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Translyasiyalar Instagram Stories bo‘limida chop etiladi. Video tagida so‘nggi izoh va “Like”lar, yuqori qismida esa tomoshabinlar soni ko‘rsatiladi.
Translyasiya boshlanishidan avval o‘quvchilar bu haqda xabar olishadi. Translyasiya yakunlangach, u 1 kun davomida o‘chib ketadi. Uni odatiy surat va videolar kabi saqlab qolib bo‘lmaydi.
Hozirda funksiya barcha foydalanuvchilar uchun mavjud emas. Kompaniya asta-sekinlik bilan qolgan foydalanuvchilar ham ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin bo‘lishini ma’lum qilgan.
Ilovaning yangi versiyada translyasiyadan tashqari, o‘z-o‘zidan o‘chib ketadigan surat va videolar yuborish imkoni paydo bo‘lgan. U ham Instagram Stories’ga o‘xshaydi, biroq uni faqatgina shaxsiy xabarda yuborish mumkin va u bir nechta foydalanuvchiga yuborilishi mumkin, xolos. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi