“Men va mening sinfdoshlarimga O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti bilan bir sinfda o‘qish baxti nasib etgan”.- deb yozadi tarix fanlari doktori Shamsiddin Sharapov. “Biz sinfda 25 bola edik. Oramizda rus, o‘zbek, tatar va koreys millati bolalari ham bor edi. Biz bir oiladek ahil bo‘lganmiz. Hozirda sinfdoshlarimizdan 6 nafarigina hayot. Islom Karimov oramizda a’lo o‘qishi bilan ajralib turardi. U o‘qishdan tashqari basketbol, shaxmat, yengil atletika bilan ham shug‘ullangan. Uni xotirasi mustahkam edi. Yodimda insho yozganimizda unga muallimimiz “2” baho qo‘ygan. Islomni ko‘chirib olgan deb o‘ylagandi. Chunki, u inshoni tamomila yodida saqlab yozgan. Shunda Karimov ustozimizning bahosidan norozi bo‘lgan va xotirasi kuchli ekanligini aytgan. Ustozimiz inshoni Karimovga qayta yozdirgan. Karimovning oqizmay-tomizmay inshoni to‘g‘ri va xatosiz yozib berganini ko‘rib u hayratda qolgandi. Ustozimiz undan ikki baho uchun uzr so‘rab beshga baholagan.” – deya xotirlaydi Shamsiddin Sharapov.
Muhtaram prezidentimizning yana bir sinfdoshlaridan Bulat Murtazin shunday xotirlaydi “1990 yillar edi, Islom Karimovni Samarqanddagi Siyob bozorida uchratib qoldim. U vaqtda Karimov Prezident edi u bozorda Elsin bilan turardi. Meni uzoqdan ko‘rib qolib darhol quyuq so‘rashgan. Uning menga va atrofdagilarga bo‘lgan samimiy munosabatini hech qachon yodimdan chiqarmayman.”
Yana bir sinfdosh Shavkat Abduholiqov Islom Karimovni “Mukkasidan ketgan shaxmatchi edi. U yaxshi inson va mehribon edi.” – deya xotirlaydi.
“Islom Karimovning vafoti og‘ir judolik bo‘ldi. Uning yorqin xotirasi doim yodimizda qoladi. Ishonamanki, kelajak avlod ham uni doim yodda saqlaydi ” – deb yozadi Shamsiddin Sharapov.
Manba: diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?