Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi-Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Sirg‘ali tumaniga tashrif buyurib, tumanda metro bekatlari barpo etish, er ustidan o‘tadigan zamonaviy metro yo‘li qurish zaruritiga to‘xtalgan edi.
Er usti tezyurar metro yo‘nalishini qurish ishlari allaqachon boshlab yuborildi. Uzunligi 8 kmdan ortiqni tashkil qiluvchi er usti tezyurar metro yo‘nalishi 4 yil mobaynida qurib bitkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida Serg‘ali tumani hokimi Furqat Maqsudxo‘jaev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi, deyiladi "Qalampir.uz" xabarida.
Choshtepa, Mirzo Tursunzoda, Qipchoq ko‘chalaridan “Yo‘ldosh” dahasidagi Mardlik ko‘chasigacha bo‘lgan hududdan o‘tadigan liniya 6ta stansiyadan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, tumanda bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan, eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta’minlanadigan 500 ta ko‘p qavatli uy bunyod etilishi ham rejalashtirilgan. Ushbu ulkan loyihaning amalga oshirilishi 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"