Kelgusi yili Toshkent shahrida 8 ta yangi madaniyat va istirohat bog‘i barpo etiladi. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev poytaxtlik saylovchilari bilan uchrashuvida ma’lum qildi.
Poytaxt aholisi tomonidan shaharda madaniyat va istirohat bog‘lari etarli emasligi haqida bildirilayotgan ko‘plab e’tirozlar inobatga olinib, bu boradagi ishlarni yaxshilash maqsadida maxsus dastur ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 2017 yilda Toshkent shahrida 8 ta yangi madaniyat va istirohat bog‘i barpo etiladi. Ularni joylashtirish uchun Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Uchtepa, Sirg‘ali, Chilonzor, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida tegishli er maydonlari ajratib qo‘yildi, deydi nomzod o‘z nutqida.
Bundan tashqari, Bektemir tumanida, Chirchiq daryosi qirg‘og‘ida 70 gektar maydonda umumiy qiymati 80 million dollar bo‘lgan, dunyodagi eng mashhur «Disneylend» parklaridan qolishmaydigan Markaziy Osiyodagi eng katta zamonaviy attraksionlar bog‘i quriladi. Hozirgi paytda mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan Evropaning etakchi park operatorlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi