6 530
Andijon–Toshkent poezdining oynasini tosh otib sindirgan bolalarning ota-onasi jazolandi
2016 yilning 2 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi 10 yoshli A.Tursunov va A.Qurbonov sentyabr oyidan qatnay boshlagan Andijon–Toshkent yo‘nalishidagi poezd oynasiga tosh otib, uni sindirgan. Bu haqda «1news.uz» nashriga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.
Poezdni toshbo‘ron qilish holati Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Qo‘shtepa, Oltiariq tumanlarida ham qayd etilgan. Mazkur holatlar yuzasidan bolalarning ota-onalariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra jarima solingan.
Bundan tashqari, etkazilgan zararni ota-onalardan undirish bo‘yicha da’vo kiritilgani ta’kidlanmoqda. Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchi poezd vagonining bitta oynasi 5 million so‘mdan ortiq turadi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyati xalq ta’lim boshqarmasi rahbari Z.Teshaboyev o‘quvchilar tomonidan bunday salbiy harakatlar sodir etilmasligi uchun maktab dasturiga bu borada qo‘shimcha dars kiritish lozimligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda