NASA tomonidan chop etilgan Pegas yulduzlar turkumidagi ikki LL yulduz tasviri ilmiy doiralarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bir qator ekspertlar suratdagi spiral — spiral galaktika yoki tumanlik ekanini ta’kidlashdi. Fizik va ilm-fan targ‘ibotchisi Fil Pleyt bu spiralning qanday paydo bo‘lganiga izoh berdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
LL yoxud AFGL 3068 – Erdan 3 ming yorug‘lik yil masofasida joylashgan Pegas yulduzlar turkumidagi ikkilamchi yulduz tizimi. U 2010 yilda «Xabbl» rasadxonasida kashf qilingan.
Ikkilamchi yulduz to‘g‘ri spiral shaklidagi yangi paydo bo‘lgan sayyoraviy tumanlik ichida joylashgan. LL tarkibiga qizil gigantga aylangan Quyoshning yirik eski analogi va hali yoqilg‘i zaxiralarini tugallanmagan nisbatan mayda yulduz kiradi.
LL yulduzi qizil gigantga aylanish jarayonida kattalashdi va koinotga ma’lum bir miqdordagi materiyalarni chiqara boshladi. Undan yorug‘likni deyarli o‘tkazmaydigan gaz-chang pillasi shakllandi.
Ikkinchi yulduzning aylanishi hisobiga materiya spiralsimon shaklga kirgan. Mayda yulduzning kattasi atrofidagi har bir harakati yangi spiral aylanasini hosil qiladi. Aylanalar soni mazkur tizimning atigi 4 ming yil avval shakllanganligidan dalolat beradi.
Nazariy jihatdan olib qaraganda, «Xabbl» suratlarida spiral paydo bo‘lishi kerak emasdi, chunki ikki yulduz atrofidagi chang va gaz yorug‘likni to‘sadi. Hoynahoy, galaktikaning fon yorug‘ligi ob’ektni nur bilan ta’minlagan - shu tufayli Somon yo‘li markaziga yaqin joylashgan spiralning o‘ng tomoni yaxshiroq ko‘ringan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?