AQSh prezidenti Barak Obama va uning oilasi 16 dekabr kechki payt sovuq Vashingtonni tark etib, Havayiga Rojdestvo ta’tilini o‘tkazgani jo‘nab ketdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga asoslanib Kun.uz yozmoqda.
"AQSh prezidenti va birinchi xonim samolyot trapidan qo‘l silkib, 2,5 haftaga qish bilan xayrlashishdi", deb ma’lum qildi muxbirlardan biri. Juftlikka qizlari Sasha va Maliya hamrohlik qilmoqda.
Samolyot Gonoluluga uchib ketgan, Obama Vashingtonga yanvar boshida qaytishi kerak.
Obama odatda ta’til vaqtida kitob o‘qish, sayr qilish va golf o‘ynash bilan mashg‘ul bo‘lishiga qaramasdan, Havayida muhim ishlarni ham davom ettiradi. Avvalroq Obama 27 dekabrda Gonoluluda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashishi ma’lum qilingandi. Ikki davlat etakchisi oroldagi Perl-Xarbor ko‘rfazida AQSh qo‘shinlari qismining Yaponiya tomonidan bombardimon qilinishining 75 yilligiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etishadi.
1941 yil dekabrda Yaponiya harbiy samolyotlari va suv osti kemalari Havayidagi Perl-Xarbor ko‘rfaziga zarbalar bergan. Shundan keyin AQSh Yaponiyaga urush e’lon qilib, shu tariqa Ikkinchi jahon urushiga kirgan. AQSh va uning ittifoqchilari hamda imperatorlik Yaponiyasi o‘rtasidagi urush 4 yildan sal kamroq davom etgan va AQSh Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalari tashlagandan va sobiq ittifoq qo‘shinlari Manchjuriyaga bostirib kirgandan keyin Yaponiyaning taslim bo‘lishi bilan yakunlangan. Urushdan keyin AQSh va Yaponiya harbiy ittifoqchilarga aylanishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi