1 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:15da Istanbulning Beshiktosh tumanidagi Reina tungi klubiga qurolli hujum uyushtirgan terrorchi Abdulqodir Masharipov O‘zbekiston fuqarosi ekani tasdiqlandi, deb yozmoqda Kun.kz sayti.
«Anadolu» agentligi xabariga ko‘ra, o‘ziga Abu Muhammad Xurosoniy laqabini orttirgan Abdulqodir Masharipov Farg‘onaning Qo‘qon shahrida ro‘yxatda turgan. U 6 yil muqaddam O‘zbekistondan Afg‘onistonga o‘tgan va shundan keyin ortga qaytmagan. Ushbu shaxs terrorchilik guruhiga a’zoligi tufayli O‘zbekistonda qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida bo‘lgan.
O‘zbekiston xavfsizlik xizmati vakillari Turkiya tomoni bilan Abdulqodir Masharipov ishi bo‘yicha yaqin aloqada ekani, terrorchining harakati bo‘yicha tergovda mavjud ma’lumotlarni taqdim etishga tayyorligi ma’lum qilingan.
Bundan oldingi xabarlarda Masharipov 1983 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgani, 4 tilni bilishi, Afg‘onistonda mashg‘ulot o‘tagani, puxta tayyorgarlik ko‘rgan terrorchi ekani aytilgandi. U 2016 yilning yanvarida Turkiyaga kirib kelgan. Shundan so‘ng, Istanbulga kelib, kvartira ijaraga olgan, terakt sodir etishdan oldin esa turar-joyini tez-tez o‘zgartirib turgan.
U Reina tungi klubiga uyushtirgan hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangandi.
Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi, ammo birinchi kunlarda terakt ijrochisidan darak yo‘q edi.
Avvaliga ushbu terrorchi Turkiyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Ammo voqeadan 16 kun o‘tgach uni Turkiya maxsus xizmatlari Istanbulning Esonyurt tumanidagi kvartiradan topishdi. U tez orada barcha ayblovlarni tan oldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi