Yaqin yillar ichida ovoz yordamida boshqariladigan assitent nafaqat qimmatbaho avtomobillarga, balki motosikllarga ham o‘rnatilishi mumkin. Yaponiyaning dong‘i ketgan Kawasaki Heavy Industries kompaniyasi shu rejani amalga oshirish sa’y-harakatidadir. Hozir “Kavasaki” sanoat robotlari, gidrosikllar, traktorlar, poezdlar va hatto samolyotlar ustida ishlaydi, ammo mahsulotlari qatorida motosikllarning alohida o‘rni bor. Mototexnikaning kelasi avlodi “Temir odam” filmidagi JARVIS kabi sun’iy idrokka ega bo‘lishi mumkin.
Xo‘sh, motosiklga sun’iy idrokning nima keragi bor? Albatta, ishlab chiqaruvchi birinchi galda motosiklchining xavfsizligi g‘amini eydi. Motosiklchilarning ko‘pi oddiy xavfsizlik qoidalarini pisand qilmasligini yaxshi bilasiz, tezlik rejimiga esa umuman rioya etishmaydi. Aynan shu holatda sun’iy idrok yordamga keladi va o‘ylamay-netmay tez haydashning xavfidan odam ovozida ogohlantiradi. Bordiyu, motosiklchi maslahatni qulog‘iga iladigan ahvolda bo‘lmasa, quvlikka o‘tadi. Yaqinda farzandining tug‘ilgan kuni ekanligi va oilasi uchun ham o‘z hayotini saqlashi lozimligini uqtiradi.
Kawasaki injener va dasturchilari motosikl va motosiklchi orasidagi muloqotni imkon qadar hissiyotga boy etish ustida izlanyapti. Yangi tizimga “Emotion Generation Engine and Natural Language Dialogue” deb nom berildi. Uni tayyorlashga SoftBank guruhi tarkibiga kiruvchi Cocoro SB Corp kompaniyasi mutaxassislari qarashmoqda. Aytish kerakki, bu kompaniya mutaxassislari sun’iy idrok yaratishning piri bo‘lib ketgan.
Motosiklchi bilan befarq ovozli robot emas, alohida virtual shaxs muloqot qiladi. Personal yordamchi qanaqa xulq-atvorli bo‘lishini, hattoki, mualliflarning o‘zi ham bilmaydi, barchasi egasiga bog‘liq. Kuchli hayajon yoki xatarli holatda sun’iy idrok motosikl boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan hattoki, haydovchining hayotini qutqarib qolsa bo‘ladi. Inson hayoti esa hammasidan qimmatli, shunday emasmi? “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi