16 285
Saif Ali Xon va Karina Kapur yangi tug‘ilgan farzandiga Amir Temur sharafiga Taimur deb ism qo‘ygani taxmin qilindi (foto)
Bollivud aktyori Saif Ali Xon va aktrisa Karina Kapur 20 dekabr, seshanba kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Ona va bolaning ahvoli yaxshi ekani, dunyoga kelgan yangi chaqaloqqa Taimur Ali Xon Pataudi deb ism berilgani ta’kidlanmoqda.
«Barchangiz bilan ajoyib yangilik borasida baham ko‘rmoqchimiz: o‘g‘limiz Taimur Ali Xon Pataudi 2016 yil 20 dekabr kuni dunyoga keldi. So‘nggi 9 oy davomida bizni tushungan va qo‘llab-quvvatlagan OAVga, ayniqsa, muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Rojdestvo va Yangi yil muborak bo‘lsin. Muhabbat ila Saif va Karina», – deyiladi aktyor va aktrisaning bayonotida.
Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Facebook’dagi The Mughal Empire of Hindustan sahifasida Saif Ali Xon va Karina Kapur o‘z o‘g‘lini Amir Temur sharafiga Taimur deb nomlagani aytilmoqda.
Mazkur post ostida ba’zi foydalanuvchilar bu safsata ekanini, boshqalari ism tanlash ota-onaning qarori ekanini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, 46 yoshli Saif Ali Xon va 36 yoshli Karina Kapur 2012 yili turmush qurgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi