Yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qiluvchi O‘zbekiston korxona va tashkilotlari uchun valyuta tushumini majburiy tartibda sotish miqdori ikki barobarga kamaytirildi. Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyev shu haqdagi qarorni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Hujjatga muvofiq, 20 sentyabrdan boshlab tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan kat’i nazar, eksport qiluvchi korxona va tashkilotlar, shu jumladan, mikrofirmalar, kichik korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 25 foizini belgilangan tartibda majburiy sotishni amalga oshiradi. Bungacha esa mazkur ko‘rsatkich 50 foizni tashkil etar edi.
Qarorda yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksportga etkazib berish yuklab jo‘natiladigan mahsulot qiymatining kamida 30 foizini oldindan to‘lash shartlarida amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan. Qolgan qismi uchun tasdiqlangan bank akkreditivi ochiladi yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolati rasmiylashtiriladi.
«Uzagrojksport» ixtisoslashtirilgan tashki savdo kompaniyasiga yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini ishonchli va uzoq muddatli sheriklar bo‘lgan etakchi xorijiy tashkilotlar, import qiluvchilar (Vazirlar Mahkamasi karorlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha) manziliga chiqarish va sotish huquqi berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi