7 835
Jahon raqobatbardoshlik reytingi: Shveysariya hamon birda, Buyuk Britaniya esa ancha yuqoriladi
Davos Butunjahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlangan 2016-2017 yilgi Global raqobatbardoshlik hisoboti e’lon qilindi. O‘tgan safargidek, bu yilgi reytingda ham birinchi o‘rin Shveysariyaga taqdim etilgan. Ikkinchida Singapur, so‘ngra AQSh joylashtirilgan. Kuchli o‘nlikka shuningdek, Niderlandiya, Germaniya, Shvesiya, Yaponiya, Hongkong va Finlyandiya kiritilgan, deyiladi "Kun" nashri xabarida.
EI tarkibidan chiqishni ma’qullagan Buyuk Britaniya o‘tgan safargi o‘ninchi o‘rindan ettinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Biroq, BIF tahlilchilari Birlashgan Qirollik imkoniyatlarini baholashda Brexit natijalarini e’tiborga olishmagan. Bu holda, London sezilarli darajada tushib ketishi mumkin.
Rossiya "Global raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi"ga muvofiq, o‘z holatini ikki o‘ringa o‘zgartirishga erishgan. U 45 o‘rindan 43 o‘ringa ko‘tarilgan.
Qozog‘iston bu yilgi reytingda 53-o‘ringa munosib ko‘rilib, o‘tgan natijasidan 11 o‘rin pastroqqa joylashtirilgan.
MDH mamlakatlari orasida Qozog‘iston, Ozarbayjon (37) va Rossiya (43)dan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Gruziya 138 mamlakat orasida 59-o‘rinda bo‘lsa, Tojikiston 77-, Armaniston 79, Ukraina 85-o‘rinda. Moldova 100 va Qirg‘iziston 111-o‘ringa munosib ko‘rilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi