AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton raqibi – Respublikachilar partiyasi vakili Donald Trampdan ko‘ra Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan tushlik qilishni afzal, deb bildi. Bu haqida "Kun" nashri ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, sobiq bosh kotibga Klivlendga parvozi vaqtida shunday savol bilan murojaat qilishgan. AQShda sobiq prezident Ronald Reygan davrida urf bo‘lgan bir odat bor – unga ko‘ra, jurnalistlar samolyotning orqasidan uning old tomonida o‘tirgan nomzodga savollar yozilgan apelsinlarni dumalatishga urinishadi.
Klinton ana shunday apelsinlardan birida shunday savolni o‘qiydi: “Kim bilan tushlik qilishni afzal deb bilasiz” Putin va Trampdan bittasini tanlash kerak bo‘lgan. Bir necha daqiqadan so‘ng jurnalistlarga javob yozilgan apelsin qaytdi – nashrga ko‘ra, unda “Putin”, deb yozilgan bo‘lgan.
Klintonga berilgan savolga javobni o‘zi emas, apelsinni tutib olgan matbuot kotibi Nik Merril yozgan. Demokratlar nomzodining so‘zlariga ko‘ra, Klinton bir marta Putin bilan tushlik qilgan. Shunda Merril javobni o‘zi belgilagan va apelsinni jurnalistlarga qaytargan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi