O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 16 sentyabrda joylarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Hukumat rahbari Mirziyoyev Jizzax viloyatiga safari chog‘ida Jizzax shahri, Paxtakor, Zafarobod, va Do‘stlik tumanlariga borgan. Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati faollari bilan uchrashib, sanoatni rivojlantirish, paxta hosilini yig‘ib olish va yig‘im-terim mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish masalalarini muhokama qilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev, Jizzax shahri xalq deputatlari sessiyasida ishtirok etgan. Unda, tashkiliy masala ko‘rilgan. O‘z vazifasini bajarishda nuqsonlarga yo‘l qo‘ygani uchun shahar hokimi Asror Qobilov o‘z vazifasidan ozod etilgan.
Jizzax shahri xalq deputatlari Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan, avvalroq Toshkent shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Abduqahhor To‘xtaevni Jizzax shahar hokimi vazifasiga tasdiqlashgan.
Shu kuni boshqa tashkiliy masalalar ham ko‘rilgan. Xususan, mehnat faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois, Jizzax viloyati prokurori Shuhrat Akbarov hamda qator tuman hokimlari lavozimidan ozod etilgan.
Jizzax viloyati rahbariyati oldiga mavjud kamchiliklarga barham berish, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqboldagi dolzarb vazifalar aniqlab olingan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi