date
views 6 969

Eldor Shomurodov «Roma»da qolish uchun maoshini kamaytirdi

Eldor Shomurodov «Roma»da qolish uchun maoshini kamaytirdi
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya klubi «Roma»da qolish uchun maoshining kamayishiga rozi bo‘ldi, deb Tribuna.uz xabar berdi.

Calciomercato nashrining yozishicha, klub va futbolchi amaldagi shartnomani yana bir yilga — 2027 yil yozigacha uzaytirishga kelishib olishgan. Yangi kelishuvga ko‘ra, Eldorning maoshi ma’lum miqdorda kamaygan.

Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsumda «Roma» tarkibida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta assist qayd etgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, u hozirda 4 million yevroga baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport