
Saudiya Arabistonida davom etayotgan U-17 Osiyo Kubogining D guruhidagi guruh bosqich o‘yinlari yakunlandi.
So‘nggi turda Tojikiston termasi Eronni mag‘lub qilib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Eron esa guruhdayoq musobaqa bilan xayrlashdi. Shuningdek, KXDR termasi 2-o‘rinni egalladi va Qatardagi mundialda ishtirok etadigan bo‘ldi.
D guruhi. 3-tur
Eron – Tojikiston – 1:3
Gollar: Omid 52 – Mehribon Odilzoda 12, Ahmadjon Shoyev 67, Abdullo Ibrohimzoda 89.
O‘mon – KXDR – 2:2
Gollar: Osama 65, Salam 90+8 - Kim Yu Jin 10, Ri Kan Rim 74.
Guruhdagi yakuniy vaziyat:

Tojikiston chorakfinalda Janubiy Koreyaga qarshi o‘ynaydi, KXDR esa Indoneziyaga qarshi saf tortadi.
14 aprel
19:00 | Indoneziya - KXDR
22:15 | Tojikiston - Janubiy Koreya “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!