An’anaviy qadriyatlar, abortga cheklovlar va ko‘p farzandli oilalar targ‘iboti Rossiyani demografik inqirozdan qutqara olmayapti. Bu haqda Rosstatning so‘nggi ma’lumotlari guvohlik bermoqda.
2025 yilning yanvar–fevral oylarida tug‘ilish darajasi 3 foizga kamaygan, atigi 195,4 ming chaqaloq tug‘ilgan. Faqat fevral oyida pasayish 7,6 foiz bo‘lgan — bu o‘tgan yilning ayni oyiga nisbatan 7,4 ming bolaga kam.
“Bu so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkich”
Demograf olim Aleksey Rakshaning ta’kidlashicha, 2025 yil fevralidagi tug‘ilish ko‘rsatkichi XVIII–XIX asr oxiridan beri eng past bo‘lgan. U mart oyida ham bu antirekord takrorlanganini aytgan.
“2025 yilning birinchi choragi XVIII–XIX asrlardan beri eng past tug‘ilish ko‘rsatkichini qayd etdi,” — deydi Raksha.
Ayrim hududlarda ikki xonali qulash
Quyidagi viloyatlarda tug‘ilish sur’ati ayniqsa keskin pasaygan:
Smolensk: –26,6%
Kostroma: –21,6%
Kareliya: –19,4%
Arxangelsk: –18,7%
O‘lim holatlari 5,2 foizga kamaygan, biroq bu tug‘ilishdagi qulashni qoplay olmagan. Atigi ikki oy ichida Rossiya aholisi 118,8 ming kishiga kamaygan.
2046 yilda — 130 million aholimi?
Rosstatning rasmiy prognozlariga ko‘ra:
2046 yilga kelib doimiy aholi soni 138,8 million bo‘lishi mumkin;
Pessimistik ssenariyga ko‘ra — 130 million (1897 yildagi Rossiya imperiyasi darajasiga teng).
Raqamlar haqiqatni gapiryapti
2024 yil: 1 222 000 chaqaloq (1999 yildan beri eng past)
2014 yilga nisbatan tug‘ilish pasayishi: –30%
2016–2024 yillar oralig‘ida tabiiy yo‘qotish: 3 milliondan ortiq
Yillik o‘rtacha kamayish: ~500 000 kishi
Siz nima deb o‘ylaysiz — Rossiya demografik inqirozdan chiqish uchun qanday yo‘l tutishi kerak?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!