date
views 44

Saida Mirziyoyeva: “Bek va Lola”, “Donocha”, “Lulu Nana” — bolalar uchun sifatli va foydali kontent yaratilmoqda

Saida Mirziyoyeva: “Bek va Lola”, “Donocha”, “Lulu Nana” — bolalar uchun sifatli va foydali kontent yaratilmoqda

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bolalar uchun ishlab chiqilayotgan milliy animatsion loyihalar haqida fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, milliy multfilmlar orasida zamonaviy va sifatli mahsulotlar mavjudligi quvonarli, ammo bu borada hali yetarli darajada ish qilinmagan.

Saida Mirziyoyeva shunday dedi:

“‘Bek va Lola’, ‘Pomidor do‘ppi’, ‘Donocha’ va ‘Lulu Nana’ loyihalari bolajonlarimiz uchun ham qiziqarli, ham foydali bo‘lishiga ishonaman. Ushbu multfilmlarni bog‘cha va maktab o‘quvchilariga namoyish etishni, shuningdek, u yerdagi mavzularni bolalar bilan muhokama qilib borishni tavsiya qilaman.”

Bolalar kontentiga yanada katta e’tibor zarur

Mirziyoyeva ta’kidlashicha, bolalar uchun milliy kontent yaratish faqat ko‘ngilochar emas, balki ta’lim va tarbiyaning ajralmas qismi bo‘lishi kerak.

“Albatta, bu hali yetarli emas. Bolalar uchun kontent yaratish va bu sohaga e’tiborni yangi bosqichga olib chiqishimiz kerak”, — dedi u.

Mahalliy animatsiyalar ta’lim muassasalariga ko‘proq kiritilishi kerak

U bog‘cha va maktablarda milliy animatsion loyihalarni muntazam namoyish qilish, ularni dars va tarbiyaviy soatlar bilan uyg‘unlashtirish, hamda mavzularni bolalar bilan muhokama qilishni tavsiya etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat