Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva joriy mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda Portugaliyaning “A Bola” nashri xabar berdi.
Yuragi “Benfika”da qolgan
30 yoshli futbolchi o‘z vataniga qaytishni xohlamoqda. Manbalarga ko‘ra, Lissabonning “Benfika” klubi Bernardu bilan aloqada bo‘lib, uni jamoaga qaytarish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda. Bernardu Silva Benfika akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u bu klubga “qarzdor” ekanini ta’kidlayapti.
U maoshini kamaytirishga tayyor, bu esa “Benfika”ga moliyaviy jihatdan yengillik yaratadi.
“Siti” tarkibni yangilamoqchi
“Manchester Siti” yozda jamoani yangilash ustida ishlashni boshlaydi. Shuning uchun Bernardu bilan xayrlashish ehtimoli yuqori.
Transfer narxi 45 million yevro deb baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
Bernardu Silva 2017 yildan beri “Siti”da to‘p surib kelmoqda. U klub bilan bir necha marta chempionlikni qo‘lga kiritgan. Unga “Benfika”da yangi sahifa ochilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!