date
views 36

Indoneziya iPhone 16’ga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi — Apple sarmoya miqdorini oshirishga majbur bo‘ldi

Indoneziya iPhone 16’ga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi — Apple sarmoya miqdorini oshirishga majbur bo‘ldi

Apple kompaniyasi Indoneziya hukumati tomonidan iPhone 16’ni sotishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinganini e’lon qildi. Bu haqda 9to5mac xabar berdi.

Nega taqiq joriy qilingan edi?

2024 yil oktyabr oyida Indoneziya hukumati Apple kompaniyasini investitsiya majburiyatlarini bajarmadi, deb hisoblab, mamlakatda iPhone 16’ni sotishga rasman taqiq qo‘ygan edi.

Apple quyidagicha sarmoya qilgan:

  • dasturchilar akademiyasiga — 109 million dollar,

  • mahalliy ishlab chiqarishga — 10 million dollar.

Lekin rasmiylar bu miqdorni etarli emas, deb topdi. Apple 100 million dollarlik qo‘shimcha sarmoya taklif qildi, biroq hukumat 1 milliard dollar talab qildi.

Apple yirik bozorni yo‘qotdi

Taqiq e’lon qilingach, 283 million aholiga ega Indoneziyaga atigi 9 ming dona iPhone 16 yetkazildi. Bu esa Apple uchun muhim moliyaviy zarar бўлди.

Endilikda nima bo‘ladi?

Taqiq olib tashlangach, Apple kompaniyasiga:

  • mahsulotlarini Indoneziyada erkin va qonuniy sotish yo‘li ochildi.

Bu esa kompaniya uchun Osiyodаги йирик бозорга қайтиш имкониятини англатади.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo