date 01:35 / 07.04.2025
views 35 466

Gvardiolani fanatlar “talashyapti”: Pep, nimalar qilyapsan, Abduqodir qani?

Gvardiolani fanatlar “talashyapti”: Pep, nimalar qilyapsan, Abduqodir qani?
Angliya Premer-ligasining 31-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida Manchester shahrining ikki klubi – “Yunayted” va “Siti” o‘zaro to‘qnash keldi.

Bu galgi bahsga Ruben Amorim shogirdlari mezbonlik qildi. “Old Trafford”dagi to‘qnashuvda hisob ochilmadi. Bu bellashuvdagi g‘alaba Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “shaharliklar”ga zarurroq edi.

Xosep Gvardiola ketma-ket ikkinchi uchrashuvda Abduqodir Husanovni maydonga tushirmadi. “Manchester Siti”ning o‘yinlarini butun dunyodan kuzatayotgan muxlislar bu holatni ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilmoqda.

Brainy Ashley:
Men tushunmagan yagona narsa – Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovni zaxirada qoldirib, boshlang‘ich tarkibda Mateush Nuneshni o‘ynatayotganidir. Gvardiolaning shu Nunesh bilan bizdan yashirayotgan kelishuvi bormikin?

Claudius Muchura:
Keyingi paytda Pep tanlayotgan tarkibga ishonchim yo‘q. Nega Husanov, Doku, Savino boshlang‘ich tarkibdan chiqib ketdi?

Sage Levian:
Husanov, Doku va Savinoning yo‘qligi bilinyapti. Nuneshga asosiy tarkibda balo bormi?

Ty St:
Pep, Abduqodir qani?

4 IN A ROW:
Bizga keskin qarshi hujumlarda samarali o‘ynay oladigan futbolchilar kerak. Nega Doku va Savino yo‘qligiga sabab topa olmayapman. Husanov turganda o‘yinni Nunesh bilan boshlash shart emas!

Joobira Shaggar:
Gvardiola Husanov nega tarkibda emas?

Willis Otis:
Husanov zaxira o‘rindig‘ida nima qilyapti?

Zo Ram Thang:
Pep, nega Husanov, Gonsales, MakEti va Savinoni o‘ynatmayapsan? G‘alaba kerak emasmi?

Yusuf Opeyemi:
Nega Husanov zaxirada o‘tiribdi?

Chrispeter Wachira:
Nega Niko Gonsales va Abduqodir Husanovsiz o‘ynayapmiz? Himoyamiz avvalgidek rasvo bo‘lib qoladiku!

Bobby Bobby:
Nuneshning nima keragi bor, Niko va Abduqodir qani?

Vicram Ke:
O‘yinni tugatdik. Bizda Abduqodir Husanov va Jek Grilish avvalgi uchrashuvlarda juda yaxshi o‘ynab kelayotgan edi. Savino va Doku ham. Pep, nimalar qilyapsan?

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 20 yanvar kuni “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganidan beri Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida jami to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol ham urdi. Biroq, Xosep Gvardiola ketma-ket ikkinchi bor o‘zbekistonlik legionerni maydonga tushirmagani muxlislarda ko‘plab savollarni tug‘diryapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport