
Foto: Sports24
Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tgan kechagi boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning g‘alabasi xorijiy ommaviy axborot vositalarida ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, Vringe.com portali jangni tanqidiy ruhda yoritdi.
Sarlavhada shunday yozilgan: “Jalolov Shevadzutskiy bilan jangda omadsizlikka uchradi”. Nashrning yozishicha, Bahodir Jalolov ukrainalik raqibiga qarshi noaniq harakat qilgan.
O‘zbekistonlik super og‘ir vazn (90,7 kg dan yuqori) toifasida ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov (15-0, 14 KO) ukrainalik Igor Shevadzutskiy (12-3, 10 KO)ga qarshi jangda o‘ta noaniq harakat qildi.
Shevadzutskiy ring markazini egallab, himoyaga o‘tdi va asta-sekin bosimni oshira boshladi. Jalolov esa chap qo‘l bilan jang qilgan holda ring atrofida harakatlandi. U jerbni deyarli ishlatmadi, faqat qo‘li bilan raqibni itarib turdi. Hakamlar ham bunga ruxsat berdi. Jang sust o‘tdi, favorit hisoblangan Jalolov muxlislar va mutaxassislarda yaxshi taassurot qoldirmadi. U ko‘p hollarda qochib, jang olib bordi hamda tez-tez klinchga murojaat qildi.
Uchinchi raundda Jalolov bir oz jonlandi. Kombinatsiyalar ishlatdi, uning harakatlariga apperkotlar qo‘shildi. Chap qo‘l bilan zarba bergach, Shevadzutskiy nokdaunga tushdi. Yana jang davom etdi. Jalolov bahsni muddatidan avval yakunlashga urinib ko‘rdi, biroq zarbalarining ko‘pi manzilga aniq yetib bormadi.
To‘rtinchi raundda Shevadzutskiydan yaxshi harakat — o‘ng qo‘l bilan raqibga zarba berdi. Oltinchi raundga kelib ham voqealar deyarli o‘zgarmadi. Charchab qolgan autsayder favoritni ring maydonida quvib yurdi, Bahodir esa himoyalanishga harakat qilmoqda. Sportchilar ko‘p hollarda klinchga kirib, jangni o‘ta zerikarli o‘tishini ta’minladi. Tomoshabinlar norozi tarzda hushtakbozlik qilishdi.
Yettinchi raundda Shevadzutskiy yana jonlanib qoldi. Jalolov esa bunga javoban raqibining boshiga zarba berdi. Keyinchalik Jalolov “zarba – klinch” taktikasiga o‘tib oldi. Har qanday holatda ham, u bugun juda sust jang olib bordi.
O‘ninchi raund. Bu raundda ham odatiy ssenariy bo‘yicha davom etdi. Nihoyat yakun gongi chalindi. Yaxshiki, bu jang 12 raundli emas edi…
Hakamlar qarori: 100–89, 97–92, 97–93 — Jalolov foydasiga. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar