
Angliya Premer-ligasining 32-turi doirasidagi bahsda "Manchester Siti" o‘z maydonida "Crystal Palace"ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tdi va unda juda ko‘p gol urildi.
"Crystal Palace" o‘yin boshida ustunlikni qo‘lga kiritdi — 8-daqiqada Eberechi Eze va 21-daqiqada Chris Richards tomonidan urilgan gollar evaziga hisob 0:2 bo‘ldi. Biroq, 33-daqiqada Kevin De Bruyne hisobni qisqartirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Oumar Marmoush (36'), Mateo Kovacic (47'), James McAtee (56') va Niko O’Reilly (79') tomonidan kiritilgan gollar "Siti"ga yirik hisobda g‘alaba keltirdi.
Statistikaga ko‘ra, "Siti" to‘pga 69% egalik qilib, 21 marta darvozaga zarba berdi. Ushbu g‘alaba jamoani turnir jadvalida 4-o‘ringa olib chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!