date 10:28 / 07.04.2025
views 22 744

Husanovning o‘rnini egallagan Nikoga “Manchester Siti”dan xushxabar!

Husanovning o‘rnini egallagan Nikoga “Manchester Siti”dan xushxabar!
Manchester Siti” safida yangi yulduz porlamoqda. O‘zbek futbol jamoatchiligi uchun so‘nggi haftalarda e’tibor markazida bo‘lib kelayotgan mavzulardan biri — Abduqodir Husanovning asosiy tarkibdan qolib ketayotgani bo‘lsa, endi buning sababi aniq tus olmoqda.

“Bornmut”ga qarshi uchrashuvda ikkinchi bo‘limda Husanovning o‘rnini maydonda egallagan Niko O'Rayli o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi. Aksincha, yosh futbolchi ikki assist bilan jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va Pep Gvardiolaning ishonchini qozondi.

Natijada u keyingi ikki bellashuv — “Lester” va “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushirildi. Husanov esa birinchi o‘yinda qaydnomaga ham kiritilmadi, ikkinchisida esa zaxirada qoldi.

Klubdan yangi shartnoma tayyor!

SunSport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shaharliklar” rahbariyati Niko O'Raylining o‘yinidan juda mamnun. Klub yosh iqtidor sohibi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan va unga besh yillik yangi shartnoma taklif qilinmoqda.

Bugungacha O'Rayli “Manchester Siti”ning asosiy tarkibida 12 ta o‘yinda ishtirok etgan, uchta gol va ikki assistga mualliflik qilgan. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topsa, Niko klubning kelajagi sifatida rasman tan olinadi.

Husanov uchun murakkab davr

Fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Abduqodir Husanov esa bu vaqtda asosiy tarkibdan chetlatilgan holda qolmoqda. Pep Gvardiola tomonidan unga nisbatan bildirilgan ishonchning susayishi muxlislar orasida tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Biroq hozirgi sharoitda Niko O'Raylining parvozi hech kimga sir emas — futbolda imkoniyatdan foydalanish hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Nima bo‘ladi, Husanov?

Muxlislar hali ham o‘zbekistonlik markaziy himoyachining maydonga qaytishini kutmoqda. Lekin real vaziyatga nazar tashlasak, Husanovga qaytadan jamoadagi o‘rnini qaytarib olish uchun yanada ko‘proq mehnat qilishga to‘g‘ri keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport