
APLning 32-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Kristal Pelas" bahsi yakuniga yetdi. Bellashuvda "Shaharliklar" kambek amalga oshirib, 5:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. Mehmonlar vakili Eze 8-daqiqada hisobni ochdi. 21-daqiqaga kelib esa Richards hisobni ikkitaga oshirdi.
Shunday so‘ng manchesterliklart tempni oshirdi va bu o‘z samarasini berdi. Kevin De Bryuyne jarima zarbasidan gol urib, hisobni qisqartirdi. Oradan 36-daqiqaga kelib esa Umar Marmush hisobni tenglashtiruvchi gol muallifi bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘lim ham mezbonlar ustunligida boshlandi. 47-daqiqada Kovachich jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 56-daqiqaga kelib Makeyti ham gol urdi. 79-daqiqada esa Orayli o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yib beruvchi golni urdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar