Tish implantantlarini o‘rnatish ancha rivojlangan jarayon bo‘lsa-da, hali mukammallikdan yiroq. Og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiyalar - mazkur jarayonni qiyinlashtiruvchi eng asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Ispaniyadagi Bask okrugi universitetining mutaxassislar guruhi protez atrofida suyak shakllanishiga olib keluvchi tish implantantlarining yangi turini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Hi-News'ga asoslanib Kun.uz sayti xabar berdi.
Tadqiqotchilar guruhini doktor Polla Beatris boshqaradi. Bugungi kunga kelib, implantantning uch xil versiyasi yaratilgan, ularning eng so‘nggisi patent xizmatining tasdig‘iga ega bo‘ldi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rnatilgan tish protezlarining taxminan 10 foizini infeksiyalar yoki osteogenez jarayonidagi (implantant atrofida suyakning shakllanishi) buzilishlar tufayli olib tashlashga to‘g‘ri keladi.
Implantantning uch versiyasi ham hali bir qator klinik sinovlardan o‘tkaziladi, biroq mutaxassislar ularning zamonaviy stomatologiya bozoriga imkon qadar tezroq chiqishiga umid bildirishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?