O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi qarori bilan 12 turdagi buyum va mahsulotlar eksportiga o‘rnatilgan taqiq bekor qilindi.
Shunday qilib, don (bug‘doy, javdar, suli, guruch, makkajo‘xori, grechka), non-bulochka mahsulotlari, un va yorma, qoramol va parranda, go‘sht va submahsulotlari, uy parrandasining oziq-ovqat sut mahsulotlari, shakar, qadimgi asori-atiqalar, o‘simlik yog‘i, charm, mo‘yna-jun (shu jumladan qorako‘l) xom ashyosi, lom va rangli metall chiqindilari, pilla, ipak xom ashyosi (o‘ralmagan), ipak chiqindilari hamda polietilentereftalatat (PET) chiqindilari, kesmalari va skraplari kabilarni eksport qilish mumkin bo‘ladi.
2017 yil 1 yanvaridan ushbu mahsulotlar va buyumlarning eksport shartnomalari davlat bojxona xizmati idoralarida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatga qo‘yilishi talab etiladi.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar Prezidentning 2016 yil 5 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»ga qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avval xabar berilganidek, 2017 yil 1 yanvaridan O‘zbekiston tadbirkorlik sub’ektlarida barcha turdagi rejadan tashqari tekshirishlar bekor qilingan.
Faqatgina yuridik shaxsga barham berish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning muroajaatlari tufayli Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan o‘tkaziluvchi qisqa muddatli tekshirishlar bundan mustasno. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?