O‘zbekistonga Britaniyaning Lloyd’s Register Group Limited kompaniyasi delegasiyasi tashrif buyurdi. Delegasiyaga Janubi-Sharqiy Evropa departamenti menejeri Sebastyan Buka boshchilik qildi. Bu haqda 12news.uz'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Bukaning “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida aytishicha, delegasiyaning O‘zbekistonga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad ushbu mamlakatda kompaniyaning biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqishdir. Birinchi navbatda respublikadagi savdo-iqtisodiy va investision muhit bilan tanishish maqsadi ko‘zlangan.
“Kompaniyamizning moliyaviy ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha tajribasi o‘zbekistonlik hamkasblarimizga qo‘l keladi deb umid qilamiz. O‘zbekiston tomoni ham biz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqmoqda”, – deb ta’kidladi Buka muloqot chog‘ida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi
Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum?
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi
Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi