Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariev Ichki ishlar vazirligi rahbariyatini, shu jumladan vazir o‘rinbosarini mast holatda bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘zaro otishma uyushtirishganlari uchun jazolashni talab qildi, deb yozadi Kun.uz.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning Chuy viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l-patrul xizmatining ikki nafar inspektori 15 maydan 16 mayga o‘tar kechasi navbatchilik paytida bahslashib qolishgan. Bahslashuv avj olib ketgandan keyin, inspektorlardan biri tabel qurolidan sherigini yaralagan. Yaralangan inspektor shifoxonaga etkazilgan.
“Ushbu voqea ichki ishlar organlari tizimida shaxsiy tarkib bilan tegishli tarbiya ishlari olib borilmasligidan darak beradi, xizmatni o‘tash va tabel qurolidan foydalanishni nazorat qilish tizimini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqilishini talab qiladi”, deb aytdi bosh vazir hamda milisiya xodimlarining xizmat kiyimida va xizmatni o‘tash paytida mast holatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Bosh vazir voqeani batafsil tergov qilishni va voqea ishtirokchilarini ichki ishlar safidan bo‘shatilishlarini hamda jinoiy javobgarlikka tortilishlarini talab qildi. Bosh vazirning fikricha, Chuy viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, yo‘l-patrul xizmati rahbariyati va ularni nazorat qiluvchi vazir o‘rinbosari ham javobgarlikka tortilishlari lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?