11:44 / 11.03.2015
6 841

2030 yilga kelib Buyuk Britaniya elektromobillar evaziga neft importini 40 foizga qisqartiradi

2030 yilga kelib Buyuk Britaniya elektromobillar evaziga neft importini 40 foizga qisqartiradi

Elektromobillardan foydalanish 2030 yilga kelib Buyuk Britaniyada neft importining 40 foizga qisqarishiga olib kelishi hamda haydovchilar yoqilg‘iga sarflaydigan umumiy xarajatni 13 mlrd funt sterlingga kamaytirishga imkon berishi mumkin. Bu haqda Kembrij universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotga iqtibos keltirgan holda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Mutaxassislarning fikricha, britaniyalik haydovchilar har yili yoqilg‘idan 1000 funt sterlingga tejab qolishlari mumkin. Biroq bunga mamlakatda mos infratuzilma yaratilsagina erishish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, 2030 yilga kelib bu atmosferaga uglerod chiqindisi chiqishini 47 foizga qisqartirishga imkon beradi, bu esa nafas yo‘llari kasalliklari sonining kamayishiga hamda bu kasallikni davolashga sarflanadigan davlat mablag‘larini 1 mlrd funt sterlingga kamaytirishga olib keladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2030 yilga kelib Buyuk Britaniya elektromobillar evaziga neft importini 40 foizga qisqartiradi