Audi va FAW kompaniyalari uzoq muddatli hamkorlik haqidagi bitimni imzolashdi. “Audi” 10 yilga mo‘ljallangan shartnoma doirasida FAW VW qo‘shma korxona quvvatida yangi gibridli modellar va elektrokarlar ishlab chiqaradi. Ular Xitoy bozoriga chiqariladi.
Kelishuv Chanchunda Audi rahbari Rupert Shtadler, Volkswagen’ning Xitoydagi bo‘linmasi prezidenti Yoxem Xaysmann va FAW direktorlar kengashi raisi Syuy Pin tomonidan imzolandi.
FAW VW zavodida yaqin besh yil davomida “Audi”ning Xitoyga mo‘ljallangan beshta modeli chiqariladi. Ular e-tron sinfidagi “yashil” modellar, jumladan 500 kilometrga mo‘ljallangan elektr zaxiraga ega ikki elektr avtomobil bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz.
“Audi” 2015 yilda Xitoy bozoriga atab maxsus ishlab chiqilgan A6 uzaytirilgan sedanini taqdim etgandi. U 124-kuchli elektromotor va ikki litrli, 211 ot kuchiga ega benzinli “turboto‘rtlik” bilan jihozlangan.
Audi yangi modellar 2020 yilda taqdim etilishini ma’lum qilgan: bu o‘rta hajmli krossover, sedan va kichik siti-kar.
Shu bilan bir qatorda, nemis kompaniyasi Xitoyda A6 L e-tron uzaytirilgan gibridli sedan va Q7 e-tron krossoverini sotishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi