16 134
GM Uzbekistan uch rusumdagi mashhur yangi zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi
O‘zbekiston va Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasida to‘qqizta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «UzDaily»ga asoslanib «Kun» nashri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Seulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Koreya biznes forumi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmonlari avtomobil sanoatida to‘qqizta loyihani amalga oshirish bo‘yicha investisiyaviy shartnomalarni imzolashdi.
Loyihalarning narxi va shartnomalarning qiymati haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Qayd etishlaricha, ushbu shartnomalar doirasida GM Uzbekistan uch rusumdagi mashhur yangi zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Avvalroq GM Uzbekistan T250 (Aveo) modelidagi avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasi esa yangi avlod avtomobil dvigatellari ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi. Shuningdek, O‘zbekistonda avtomobil transmissiyalari va butlovchi qismlari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi