Chexiyada avtomobilni 3D-printerda chop etishdi (video)

  • 07 oktyabr 2016, 12:38
  • 5 687
  • Avto
  • Chexiyada avtomobilni 3D-printerda chop etishdi (video)

    Chexiyalik dizayner Petr Xladek korpusi 3D-printer texnologiyasi yordamida yaratilgan 4ekolka avtomobilini ishlab chiqdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
    Loyihalovchi 3D-printer yordamida elektromobil ishlab chiqarish jarayonini arzonlashtirishni rejalashtirdi. “Arzon” avtomobillar narxi 30 ming dollar atrofida bo‘lsa, Xladek shunga o‘xshash mashinani 12 ming dollarga qurishga erishdi.

    U ikki o‘rindiqli 4ekolka elektromobilini faqat shahar ichida minish uchun mo‘ljalladi. Transportning maksimal tezligi bor-yo‘g‘i 55 km/soatga teng, akkumulyator sig‘imi esa 200 km yo‘lga etadi. 3D-printer yordamida yasalgan korpus sharofati bilan avtomobil o‘z analoglaridan ancha yengil.


    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Chexiyada avtomobilni 3D-printerda chop etishdi (video)