Endi davlat raqamlarini onlayn almashtirish imkoniyat joriy etildi

Endi davlat raqamlarini onlayn almashtirish imkoniyat joriy etildi
Qisqacha

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomobil raqamlarini onlayn almashtirish imkoniyati joriy etildi. Foydalanuvchilar portalda ro‘yxatdan o‘tib, zararlangan raqamning fotosurati bilan arizani yuborishlari lozim. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, fuqarolar hududiy bo‘limga borib yangi raqamlarni olishadi. To‘liq komplektni almashtirish narxi 4,5 BHM (1 854 000 so‘m) etib belgilangan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomobil egalari uchun yangi imkoniyat joriy etildi. Endilikda foydalanuvchilar shikastlangan davlat raqamlarini almashtirish uchun arizani onlayn tarzda yuborishlari mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun portal orqali ro‘yxatdan o‘tish va maxsus elektron shaklni to‘ldirish talab etiladi. Shuningdek, murojaat tezroq ko‘rib chiqilishi uchun zararlangan raqamning aniq fotosuratini yuklash zarur.

Ariza ma’qullangandan keyin tizim to‘lov uchun hisob-faktura yuboriladi. To‘lov amalga oshirilgach, fuqaro hududiy bo‘limga borib, eski raqamni topshirib, yangisini oladi.To‘liq komplekt (old va orqa) raqam narxi 4,5 BHM, ya’ni 1 mln 854 ming so‘mni tashkil qiladi. Bitta raqamni almashtirish esa 2,25 BHM yoki 927 ming so‘m etib belgilangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar