date

Britaniyalik muhandis soatiga 311 km tezlikda harakatlanuvchi paromotsikl yaratdi

Britaniyalik muhandis soatiga 311 km tezlikda harakatlanuvchi paromotsikl yaratdi

Britaniyalik 62 yoshli muhandis Grem Sayks o'z ustaxonasida rafiqasi bilan birgalikda noyob bug'li mototsikl yaratdi. "Force of Nature" deb nomlangan ushbu texnika Santa Pod trassasida o'tkazilgan poygalarda hayratlanarli natija qayd etdi. Bu haqda 3dnews.ru xabar beradi.

Qurilma 400 metrli masofani 5,5 soniyada bosib o'tib, dunyodagi ikkinchi eng tezkor mototsiklga aylandi.

Mototsiklning ishlash prinsipi klassik parovozlardan tubdan farq qiladi. Undagi maxsus idishda 120 litr yuqori darajada tozalangan suv 260 darajagacha qizdiriladi.

Haydovchi tugmani bosganida, suv 50 atmosfera bosimi ostida tovushdan tez tezlikda tashqariga otilib chiqadi va bir zumda bug'ga aylanadi. Bu jarayonda har soniyada 40 litr suv sarflanadi.

Qisqa masofada, ya'ni 201 metrda ushbu texnika 338 km/soat tezlikka erishib, bug'li mototsikllar orasida mutlaq jahon rekordini o'rnatdi. Muhandisning so'zlariga ko'ra, start vaqtidagi yuklama 6 g darajasiga yetadi.

Loyiha ustida ishlar olti yildan buyon davom etmoqda va hozirda uning beshinchi versiyasi sinovdan o'tkazilmoqda.

Grem Sayks kelajakda 400 metrli masofani 5 soniyadan kamroq vaqt ichida bosib o'tishni maqsad qilgan. Biroq, ushbu texnologiya hech qachon oddiy yo'llarda harakatlanuvchi mototsikllarda qo'llanilmaydi.

Sababi, bunday yuqori bosim va harorat ham haydovchi, ham atrofidagilar uchun o'ta xavfli hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Britaniyalik muhandis soatiga 311 km tezlikda harakatlanuvchi paromotsikl yaratdi