Pekinda 476 ot kuchiga ega Rox Adamas Royal Edition taqdim etildi

Pekin avtosalonida Rox brendi o'zining Adamas modelining maxsus Royal Edition versiyasini taqdim etdi. Ushbu yangilik dizayndagi yangi urg'ular va interyerning o'ziga xos bezaklari bilan ajralib turadi. Bu haqda Китайские-автомобили.рф xabar beradi.
Kompaniya yaqin ikki yil ichida o'z model qatorini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Texnik jihatdan Royal Edition krossoveri standart Adamas modelini to'liq takrorlaydi. Avtomobil 1,5 litrli turbo dvigatel va ikkita elektr motor bilan jihozlangan ketma-ket gibrid hisoblanadi.
Umumiy quvvati 476 ot kuchi va 740 Nm aylanish momentiga teng bo'lgan tizim 56 kVt/soat sig'imli batareya hamda 70 litrli yonilg'i baki yordamida 1226 kilometrgacha masofa bosib o'tish imkonini beradi.

Royal Edition modifikatsiyasi Rox Motor kompaniyasining asosiy investorlaridan biri bo'lgan BAA qirollik oilasiga bag'ishlangan. Shu sababli eksteryerda cho'l qumlari va bulutlar birligini anglatuvchi mot-oltin va marvarid-oq ranglar uyg'unligi ishlatilgan.
Kuzovda an'anaviy arab kiyimlariga xos bo'lgan rombsimon naqshlar aks etgan.
Salon qismida ham sezilarli o'zgarishlar mavjud bo'lib, dekorativ panellarda tog'' tasvirlari va oltin rangli iplar bilan tikilgan naqshlar tushirilgan. Bagaj qismida esa sayohatchilar uchun maxsus yoritgich va mini-oshxona o'rnatilgan.
Hozirda ushbu maxsus versiyani Rossiyadagi «Avtotor» zavodida yig'ish masalasi ko'rib chiqilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!