BMW Pekinda 1000 km masofa bosuvchi i3 sedanini taqdim etadi

BMW Pekin avtosalonida maxsus Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan, g‘ildirak bazasi uzaytirilgan yangilangan i3 elektr sedanini taqdim etadi. Avtomobil xavfsizlik standartlariga mos an’anaviy eshik tutqichlari va zamonaviy dekorativ elementlar bilan jihozlangan. Mazkur model bir marta quvvatlanishda 1000 kilometrdan ortiq masofa bosib o‘tish imkonini beruvchi yuqori quvvatli akkumulyatorga ega bo‘ldi. Shuningdek, 400 kVtli tezkor quvvatlash tizimi yordamida bor-yo‘g‘i 10 daqiqada 400 kilometr yo‘l bosish uchun yetarli energiya to‘plash mumkin.
Germaniyaning "BMW" konserni Pekin avtosalonida i3 elektr sedanining yangilangan versiyasini namoyish etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ushbu model maxsus Xitoy bozori uchun ishlab chiqilgan bo'lib, uning asosiy o'ziga xosligi g'ildirak bazasining 3 metrgacha uzaytirilganidir. Bu ko'rsatkich avvalgi modelga nisbatan 100 millimetrga ko'p bo'lib, hatto 5-seriyadagi sedanlar o'lchamidan ham oshib ketadi.
Yangi elektromobil tashqi ko'rinishida ham bir qator o'zgarishlar mavjud. Xususan, Xitoydagi yangi xavfsizlik standartlariga muvofiq, avtomobil korpus ichiga kiruvchi tutqichlar o'rniga an'anaviy eshik tutqichlari bilan jihozlangan. Shuningdek, mashina o't oldirilganda yonuvchi maxsus dekorativ elementlar va yangicha ichki bezaklar qo'shilgan.
Texnik xususiyatlariga ko'ra, sedan CLTC sikli bo'yicha 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib o'tishga qodir bo'lgan yuqori quvvatli akkumulyatorga ega bo'ldi. Avtomobil 400 kVt gacha bo'lgan tezkor quvvatlash tizimini qo'llab-quvvatlaydi. Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, bor-yo'gi 10 daqiqalik quvvatlanish orqali 400 kilometr yo'l yurish uchun yetarli energiya to'plash imkoniyati yaratilgan.






























Izohlar 0
…