13:51 / 31.03.2017
6 851

Chorrahalarda to‘xtash chiziqlari belgilar yordamida aks ettiriladi

Chorrahalarda to‘xtash chiziqlari belgilar yordamida aks ettiriladi
31 martdan Toshkentning qoidabuzarliklarni qayd etish kameralari o‘rnatilgan chorrahalarida «Stop-liniya» 5.33 belgilarini o‘rnatish boshlanadi. Bu haqda Toshkent IIBB YHXB inspektori Alisher Abduqodirov payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozadi Gazeta.uz sayti.

Bosh harflar bilan «STOP» so‘zi yozilgan axborot-ishora belgisi, O‘zbekiston YHQga muvofiq, svetofor yoki boshqaruvchining taqiqlovchi signalida transport vositasining to‘xtash joyini anglatadi.

YHXB vakili juma kunidan boshlab to‘xtash chiziqlari yaxshi ko‘rinmay qolgan chorrahalarda chiziqlarni yangilash bo‘yicha ishlar davom ettirilishini ham ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Chorrahalarda to‘xtash chiziqlari belgilar yordamida aks ettiriladi