18:20 / 06.07.2017
9 064

GM Uzbekistan onlayn-savdo tizimini ishga tushirmoqda

GM Uzbekistan onlayn-savdo tizimini ishga tushirmoqda
Joriy yilning oktyabr oyidan GM Uzbekistan avtomobil sotib olish uchun navbatga turish mumkin bo‘ladigan UzAutoFriend portalini ishga tushirishchi rejalashtirmoqda.

UzNews.uz muxbirining xabar qilishicha, bu haqda Andijonda bo‘lib o‘tgan press-tur davomida GM Uzbekistan kompaniyasi vakili Alisher Komilov ma’lum qilgan.

Portalda shuningdek, navbat ketma-ketligini kuzatish, avtomobillarning texnik xususiyatlari bilan tanishish va sotib oluvchilarning fikrlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Sayt bilan bir qatorda kelajakda avtomobillarni onlayn rejimda sotib olish imkonini beradigan mobil dasturni ishga tushirish ham rejalashtirilmoqda.

Portalning beta-versiyasini joriy yilning avgust oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan onlayn-savdo tizimini ishga tushirmoqda