00:10 / 28.01.2018
11 556

Avtokredit olishda pul o‘rniga mulkni garovga qo‘ysa bo‘ladimi?

Avtokredit olishda pul o‘rniga mulkni garovga qo‘ysa bo‘ladimi?
Avval xabar berganimizdek, AT «Aloqabank» tomonidan avtomobillarni xarid qilish uchun «Avtokredit» iste’mol krediti joriy qilingan edi. Saytimizda kreditni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati haqida ham xabar bergan edik.

Tahririyatimizga avtokredit masalasi yuzasidan fuqarolardan savollar kelib tushmoqda. Jumladan, avtomashina summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi borasida savollar ko‘paygani bois unga aniqlik kiritishni lozim topdik.

Biz ushbu savolga javob olish uchun AT «Aloqabank» mutasaddi xodimiga murojaat qildik.

Uning aytishicha, avtomashina summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi naqd pul ko‘rinishida, plastik orqali yoki pul ko‘chirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Garov sifatida mulk qo‘yilishi mumkin emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtokredit olishda pul o‘rniga mulkni garovga qo‘ysa bo‘ladimi?