Range Rover Sport yo‘ltanlamasining gibrid versiyasi Xitoydagi Tianmen tog‘idagi qiyaligi 45 gradusni tashkil etuvchi, 999 ta pillapoyadan iborat «Osmon darvozasi» arkasiga chiqib bordi, deb yozadi Kun nashri. Yuqoriga intilish haqidagi rolik Land Rover’ning YouTube’dagi rasmiy kanalida e’lon qilindi.
Yuqoriga chiqishda yo‘ltanlamas avtomobil rulini 2017 yilgi LMP2 tasnifidagi «Le-manda 24 soat» poygasi g‘olibi, xitoylik poygachi Xo Ping Tung boshqarib borgan. Pillapoyalargacha u 99 ta muyulishdan iborat to‘g‘rining burama yo‘llarini ham katta tezlikda bosib o‘tgan.
Range Rover Sport’ning gibrid versiyasi 2017 yilgi yangilanishlardan so‘ng paydo bo‘ldi. Bunday modifikatsiya 300 ot kuchi quvvatli «turboto‘rtlik», 116 ot kuchiga ega elektr dvigatel, sakkiz diapazonli avtomatik uzutmalar qutisi, shuningdek, 13,1 kilovatt-soat sig‘imga ega litiy-ionli akkumulyatorlar bilan jihozlanadi. Avtomobilning jamlangan quvvati 404 ot kuchiga teng. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi