“O‘zRTXB” AJ Play-mobile kontent-provayder bilan birgalikda mijozlarni SMS-xabarlash bo‘yicha bir qator loyihalarni joriy qildi. Bu haqda “O‘zRTXB” AJ matbuot xizmati xabar qiladi.
SMS-xabarlash xizmati orqali qiziqtirayotgan avtoraqamlarni savdoga qo‘yilishi bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor olishlari hamda muayyan lotga obuna bo‘lib, uning holatini muntazam ravishda kuzatib borishlari mumkin. Bu esa mijozga qiziqtirayotgan avtoraqam bo‘yicha savdo vaqtini o‘tkazib yubormaslik, sotib olingan avtoraqam to‘lovini amalga oshirishning aniq vaqti va uni ro‘yxatdan o‘tkazish joyini bilib olish imkonini beradi.
Birjaning mazkur xizmatiga ulanish uchun avtoraqam.uzex.uz veb-saytida mijozning shaxsiy kabinetidagi SMS sahifasiga o‘tish va ofertani qabul qilishning o‘zi kifoya. Xizmat uchun oylik abonent to‘lovi 10 000 so‘mni tashkil etadi. O‘z navbatida SMS xabarlar xizmatga ulanish paytida ko‘rsatilgan telefon raqamiga kelib tushadi.
Birja tomonidan SMS-xabarlash bo‘yicha joriy etilgan ikkinchi xizmat turi fermer xo‘jaliklariga bepul asosda taqdim etilmoqda. Ushbu loyiha mineral o‘g‘itlarni fermer xo‘jaliklariga birja savdolari orqali sotish bo‘yicha ishlab chiqilgan tajriba loyihasi doirasida ishga tushirildi. Mineral o‘g‘itlar bo‘yicha shakllangan kotirovkalar fermerlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil aloqa raqamiga haftada ikki marta avtomatik ravishda yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi