O‘zbekistonda 2018 yilning ilk choragi – yanvar-mart oylari yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2017 yilning shu davriga nisbatan 44,7 foizga oshdi va 38,03 ming mashinani tashkil qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aks ettirilgan.
Shuningdek, 1-chorakda 485 dona yuk mashina ishlab chiqarilgan va bu 2017 yilning 1-choragiga nisbatan 44,8 foiz kamroqni tashkil qilgan. 2017 yilning ilk choragida 879 dona yuk mashina ishlab chiqarilgandi.
Avtobuslar ishlab chiqarilishi ham 2017 yil 1-choragiga nisbatan 34,1 foiz kam bo‘lgan: 2017 yil 1-choragida 208 dona avtobus ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yil 1-choragida bu ko‘rsatkich 137 donani tashkil qilgan.
Shu bilan birga traktorlar ishlab chiqarish 6,1 martaga – 432 donagacha oshgan.
O‘zbekiston korxonalarida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilishi ko‘rilayotgan davrda 43,5 foizga oshgan va 30,4 ming donani tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi