O‘zbekiston xalq artisti, marhum suxandon Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li Jamshid O‘tbosarov 12 noyabr kuni oila qurdi. Bu haqda suxandonning eng yaqin do‘stlaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev feysbukdagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. Sahifada yosh fotorassom Shuhrat Usmonov tomonidan tushirilgan suratlar keltirilgan.
To‘yga o‘zbek shou-biznesning eng yorqin vakillari, jumladan, "San’at guruhi", Ziyoda, Alisher Fayz, Manzura, Shahzod, Mavluda Asalxo‘jaeva, "Shosh" guruhi, Ra’no Yarasheva kabi san’atkorlar tashrif buyurib, O‘tbosarovlar oilasini ushbu quvonchli kun bilan qutlashgan.
Toshkentdagi “Zebu zar” restoranida bo‘lib o‘tgan visol oqshomida suxandonning shogirdlari, yosh boshlovchilar ham hozir bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, Abdumo‘min O‘tbosarov 2015 yilning 31 dekabr kuni 56 yoshida olamdan o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi