Mashhur aktyor Jeki Chan Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar bermoqda. Jeki Chan iyun oyida Ostona shahrida o‘tkaziladigan EKSPO-2017 doirasidagi kinofestivalda ishtirok etadi.
7 iyundan 18 iyungacha Qozog‘istonda o‘tkaziladigan festival chog‘ida Xitoy filmlari namoyishi bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar bu yilgi tadbir mashhur yulduzlarga boy tarzda o‘tishini va’da qilishmoqda.
Jeki Chan filmlari asosan jangari janrda bo‘lsa-da, aktyor turli tryuklari bilan hamon kino ixlosmandlarini o‘ziga maftun etib keladi. Aytish kerakki, u nafaqat aktyor, balki prodyuser, ssenariy ustasi, rejissyor, xonanda hamdir.
2016 yil noyabr oyida Jeki Chan kinosanoatga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. 62 yoshli aktyor mukofotni qo‘lga kiritar ekan, “200 ta film, yana shuncha singan suyaklarim uchun “Oskar” meniki”, deya chiqish qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi